Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini tashkil etish, iqtidorli yoshlarni izlab topish hamda ularning mantiqiy bilimlarini oshirish intellektual salohiyatini yuksaltirish, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy bilimlarini va nutqiy madaniyatini oshirish maqsadida viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan yosh xodimlar o‘rtasida Qarshi shahridagi NASAF TRAVEL mehmonxonasi zalida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyati Kengashi tomonidan Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.Turnirda korxona tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlardan jumladan
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi viloyat Kengashi “Tibbiyot bilimdonlari” jamoasi, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi viloyat tashkiloti tizimidan “Ustozlar” jamoasi, O‘zbekiston tadbirokorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari viloyat birlashgan qo‘mitasi tomonidan “Tadbirkorlar” jamoasi, O‘zbekiston energetika neft-gaz va geologiya xodimlari tomonidan “Smart” jamoasi O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari viloyat Kengashi tomonidan “Quruvchilar” jamoasi O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qashaqdaryo viloyat Kengashi tomonidan Yangi O‘zbekiston jamoasi, O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm hodimlari kasaba uyushmasi viloyat birlashgan qo‘mitasi tomonidan “Yoshlar” jamoasi hamda Dehqonobod kaliy zavodi MChJ xodimlaridan iborat Yosh kimyogarlar jamoalaridan tashkil topgan 8 ta jamoa o‘zaro bellashdilar. Jamoalarning ballari to‘g‘ri berilgan javoblarga ko‘ra hisoblab chiqildi.Turnirni ochiq va shaffof o‘tkazish, jamoalarni kuzatib borish maqsadida Nizom qoidalari asosida komissiya a’zolari ushbu o‘yinni kuzatib bordilar.Ishtirokchilarga har bir savol uchun 1 daqiqa vaqt ajratib berildi.Turnir 2 turda o‘tkazildi.O‘yin natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni “Ustozlar” jamoasi, Ikkinchi o‘rinni “Smart” jamoasi va uchinchi o‘rinni “Yoshlar” jamoalari egalladilar.Turnir so‘nggida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan faxrli 1,2,3 o‘rinni olgan jamoa g‘oliblariga hamda zakovat intellektuall o‘yinida ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.