Ichki ishlar Birlashgan kasaba uyushmasi hamda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻlimi hamkorligida Qashqadaryo viloyatida xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari tarkibidagi xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston kasaba uyushmalari tashkil topganining 120 yilligiga bagʻishlanib, kasaba uyushmalarining nufuzini oshirish, xotin-qiz xodimlarning xizmat faoliyatidagi oʻrnini mustahkamlash, huquqiy bilim va faollikni yanada oshirishga qaratildi. Muloqotda gender tengligi, xotin-qizlarning xizmat jarayonidagi ishtiroki, ularning muammolari, kasbiy oʻsishi, ma’naviy va psixologik qoʻllab-quvvatlash masalalari keng muhokama qilindi. Shuningdek, ichki ishlar tarkibidagi xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, rahbarlik lavozimlarida faol boʻlish, jamoatchilik hayotidagi ishtirokini kengaytirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu tadbir kasaba uyushmalarining tashabbusi bilan tashkil etilgan boʻlib, ichki ishlar tizimida xizmat qilayotgan xotin-qizlarning huquqiy ongi va jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim qadamlardan biri sifatida baholandi.
Qashqadaryo viloyatida ichki ishlar tarkibidagi xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
