Fermerlar huquqiy va iqtisodiy bilimlari saviyasini yanada yuksaltirish, fermer xo‘jaliklarida mehnat qilayotgan xodimlar ijtimoiy – iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoyalash ishlarini takomiliga yetkazish choralarini ko‘rish, O‘zbekiston kasaba uyushmalari tashkilotlari Federatsiyasi Kengashining 2016 yil 5 fevraldagi TN-03/215 sonli xatini hamda Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining 2016 yil 8 fevraldagi 4-1 ,,s” sonli qarorini ijrosini taminlash maqsadida viloyatning barcha tumanlarida 2016 yilning fevral oyida fermer xo‘jaliklari rahbarlari vakillarini va yirik boshlang‘ich tashkilotlari raislarini jalb etgan holda ,,Fermer xo‘jaliklari xodimlarini ijtimoiy-iqtisodiy va mehnatga oid manfaatlarini muhofazalash – fermerlik harakatini rivojlantiruvchi kuch” mavzusida o‘quv-seminarlari o‘tkazildi.O‘quv-seminarlarni tashkil etishda tuman bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar hamda tumanlar fermerlar kengashlari bilan hamkorlik qilindi va maruzachi qilib kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining malakali mutaxasislari jalb etildi.O‘quv-seminarlar viloyatning barcha (13ta) tumanlarida o‘tkazildi. Tadbirlarda 1540 nafar fermer xo‘jaliklari raislari va 150 nafar yirik qishloq xo‘jalik korxonalarining boshlang‘ich kasaba uyushmasi qumitalari raislari ishtirok etdilar.Viloyatning Kasbi, Kitob, G‘uzor, Koson, Yakkabog‘ tumanlarida o‘tkazilgan o‘quv-seminarlarda maruzachilarga ko‘plab savollar berildi, ishtirokchilar tomonidan mavzular doirasida o‘z fikr-mulohazalari bildirildi. Bu va boshqa tumanlarda bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar hamda tumanlar fermerlar kengashlari raislari va masul xodimlari ishtirok etdilar va hammaruzachi sifatida maruza qildilar.