Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Norasmiy bandlikni cheklash”  bo‘yicha seminar o’tkazildi.

    O‘zbekiston iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining strategik yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha 2016-2017 yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturidan kelib chiqib, kichik biznes korxonalarida ishchilarni rasmiy mehnatga jalb etish, aholi o‘rtasida rasmiy mehnatning afzalliklari to‘g‘risida targ‘ibot ishlarini olib borish muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan O‘zbekiston iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining norasmiy bandlikni cheklash bo‘yicha 2016 yilga mo‘ljallangan chora –tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.Ushbu dasturga asosan 2016 yilning 21-aprel kuni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi majlislar zalida paritet tashkilotlar bilan hamkorlikda qo‘shma seminar o‘tkazildi. O‘tkazilgan seminarda Qashqadaryo viloyat “Hunarmand” uyushmasi, Mehnat va aholini ijtimoiy ijtimoiy himoya qilish boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi mutaxassislarining hamda Respublika Kengashining xotin-qizlar  komissiyasi raisining Hunarmandchilikni rivojlantirish, Rasmiy mehnatning afzalliklari hamda  ishlayotgan ayollarning ijtimoiy muhofazasiga oid mavzular  bo‘yicha  fikr-mulohazalari eshitildi.Seminarda tarmoq tizimidagi korxona va tashkilotlardan hamda kasb-hunar kolejlari bitiruvchilaridan 120 nafardan ortiq ishchi-xodimlar va talaba yoshlar ishtirok etdi.   Mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

IMG_2348 IMG_2340 IMG_2332IMG_2330

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!