Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining 2016 yil 7 apreldagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2016 yil 5 apreldagi “Havaskor velosportchilar o‘rtasida “ Kasaba-Tur” velomarafonini o‘tkazish to‘g‘risida” gi 2-51”s” sonli qarori haqida” gi 4-35 “s” sonli qaroriga asosan ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi tuman 2016 yil 4 may kuni Beshkent shahrida o‘tkazilgan ikkinchi tarmoqlararo tuman bosqichida ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog va ishchi xodimlardan 60 nafar velosportchi, boshqa tarmoqlardan 35 nafar jami bo‘lib, 95 nafar velosportchilar qatnashdilar.Velosportchilar 35 yoshgacha ayollar, 35 yoshgacha erkaklar 10 kilometr masofaga hamda 35 yoshdan katta ayollar, 35 yoshdan katta erkaklar 5 kilometr masofaga musobaqalashdilar.G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Musobaqa qatnashchilari o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdilar.