-
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 1948 yil, 10 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 217 A (III) ko‘rsatmasi orqali qabul qilingan va e’lon qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi mazkur Deklaratsiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 30 sentyabr N 366-XII Qarori bilan qo‘shilgan);
-
1966 yildagi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro Pakt (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 31 avgust 1995 yilgi qarori bilan ratifikatsiya qilingan.);
-
1966 yildagi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro pakt (O‘zbekiston Respublikasi 1995 yil 31 avgust kuni Paktga qo‘shilgan);
-
1966 yildagi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro Paktning fakultativ bayonnomasi (O‘zbekiston Respublikasi 1995 yil 31 avgust kuni fakultativ bayonnomaga qo‘shilgan);
-
Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiya (O‘zbekiston Respublikasi 1995 yil 31 avgust kuni Paktga qo‘shilgan);
-
Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiya (O‘zbekiston Respublikasi 1995 yil 6 may kuni mazkur Konvensiyani ratifikatsiya qilgan);
-
Bola huquqlari to‘g‘risida Konvensiya (O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 9 dekabrdagi 757-XII-sonli «Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilish haqida»gi Qaroriga muvofiq qo‘shilgan);
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari:
-
Majburiy mehnat to‘g‘risidagi 29-konvensiya (O‘zR Oliy Majlisining 1997 yil 30 avgustdagi 492-I-son Qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilingan)
-
Qirq soatlik ish haftasi to‘g‘risidagi 47-konvensiya (O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zR Oliy Majlisining 1995 yil 6 maydagi 83-I-son Qaroriga muvofiq qo‘shilgan).
-
Haq to‘lanadigan ta’til to‘g‘risidagi 52-konvensiya (O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zR Oliy Majlisining 1995 yil 6 maydagi 84-I-son Qaroriga muvofiq qo‘shilgan)
-
Jamoa muzokaralarini tashkil etish va yuritish huquqi prinsiplarini qo‘llash to‘g‘risidagi 98-konvensiya (O‘zR Oliy Majlisining 1997 yil 30 avgustdagi 496-I-son Qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilingan)
-
Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi (qayta ko‘rib chiqilgan) 103-konvensiya (O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zR Oliy Majlisining 1995 yil 6 maydagi 85-I-son Qaroriga muvofiq qo‘shilgan)
-
Majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risidagi 105-konvensiya (O‘zR Oliy Majlisining 1997 yil 30 avgustdagi 498-I-son Qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilingan)
-
Mehnat va ish turlari sohasida kamsitish to‘g‘risidagi 111-konvensiya (O‘zR Oliy Majlisining 1997 yil 30 avgustdagi 499-I-son Qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilingan)
-
Ish bilan ta’minlash sohasidagi siyosat to‘g‘risidagi 122-konvensiya (O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zR Oliy Majlisining1995 yil 6 maydagi 86-I-son Qaroriga muvofiq qo‘shilgan)
-
Mehnatkashlarning vakillari to‘g‘risidagi 135-konvensiya (O‘zR Oliy Majlisining 1997 yil 30 avgustdagi 494-I-son Qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilingan)
-
Eng kichik yosh to‘g‘risidagi 138-konvensiya (O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 4 apreldagi O‘RQ-140-son Qonuniga muvofiq ratifikatsiya qilingan)
-
Jamoa muzokaralarini olib borish to‘g‘risidagi 154-konvensiya (O‘zR Oliy Majlisining 1997 yil 30 avgustdagi 495-I-son Qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilingan)
-
Bolalar mehnatining eng yomon shakllari to‘g‘risidagi 182-konvensiya (O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 8 apreldagi O‘RQ-144-son Qonuniga muvofiq ratifikatsiya qilingan).