Joriy yilning 7-11 oktabr kunlari O‘zbekiston sog‘likni saqlash xodimlari Respublika kengashi apparati xodimlari tomonidan 15 ta shaxar va tumanlardagi boshlang‘ich tashkilotlarga amaliy yordam berildi.
Bunda kasaba uyushma faollari va boshlang‘ich tashkilot raislari uchun o‘quv seminari tashkil etildi unda O‘zbekiston sog‘likni saqlash xodimlari Respublika kengashi raisi o‘rinbosari G.Toxtayeva, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashining bosh buxgalteri A.Kodirov, tashkiliy ishlar bo‘limi boshlig‘i D.Tashmatova, yuridik ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘.Kattabekov, taftish komissiyasi azosi G.Abdullayeva hamda Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining tashkiliy ishlar bo‘limi boshlig‘i K.Ataboyev, kasaba uyushmalari qumitasi raislari, kasaba uyushmalari qumitasi hisobchilari va tibbiyot tashkilotlari kadrlar bo‘limi boshliqlari ishtirok etishdi. Tashkil etilgan seminarda 10 va 40 foizli a’zolik badallari bo‘yicha munozaralar olib borildi.
Seminar qizg‘in baxs-munozaralarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldilar.