Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Amaliy yordam ko‘rsatildi.

      Kasaba uyushmalari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri xodimlar mehnatini muhofaza qilish va bunda, albatta, asosiy e’tiborni profilaktika ishlariga qaratish masalasi alohida o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra, mehnat muhofazasi sifati va samaradorligini oshirish borasida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

      Joriy yilning 29 iyul kuni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi hamda O‘zbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashlarining mas’ul xodimlari tomonidan viloyatning G‘uzor tumanida yangidan barpo etilayotgan aviakerosin, nafta va sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “GTL-OLTIN YOL” qo‘shma korxonasida mehnat muhofazasi va xavfsizligi holati, texnologik qurilish maydonlarida ishlarni xavfsiz tashkil etish, yuk ko‘tarish mexanizmlari va yuk kranlari bilan ishlash hamda ularni montaj qilish, xodimlarni maxsus kiyim va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi ahvoli o‘rganildi.

     O‘rganish jarayonida har bir texnologik qurilish uchastkalariga bir nafardan mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi muhandislari biriktirilgan bo‘lib, ular tomonidan mehnat muhofazasi va xavfsizlik holatlari to‘liq nazorat qilib borilayotganligi, shuningdek jarayonda ishtirok etayotgan har bir ishchi, muhandis-texnik xodimlar shaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyimlar bilan ta’minlanganligi aniqlandi.

        O‘rganish davomida “GTL-OLTIN YOL” qo‘shma korxonasi mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlari bilan birgalikda mehnat muhofazasi va xavfsizligiga oid yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda ishtirok etgan  muhandis-texnik va mehnat muhofazasi xizmati xodimlariga obyektlarda xodimlarni kasbiy kasalliklarga chalinishining oldini olish, inson salomatligiga xavf tug‘diruvchi omillarni o‘z vaqtida aniqlab, bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida tibbiy ko‘riklar samarasi va sifatini yanada oshirish, ishchi-xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2012 yil 10 iyuldagi “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” bo‘yrug‘ida belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, kasallik alomatlari aniqlangan xodimlarni davolash profilaktika muassasalarida sog‘lomlashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tushunchalar berildi.

Yig‘ilish savol-javob va munozaralarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!