O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi G‘uzor tuman bo‘linmasi kengashi tasarrufida tayanch boshlangich kasaba uyushma tashkilotlarini tashkil etish to‘g‘risida 2021 yilning 18 yanvarida 2/11”s”-sonli Ijroiya qo‘mitasi qarori qabul qilindi. Qarorga asosan 20 ta kasaba uyushma tashkilotlari tayanch tashkilotlar ruyxatiga kiritildi. 2021 yilning fevral oyida tayanch Boshlang‘ich tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Tayanch tashkilot xisoblangan tumandagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktab boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti uchun aloxida xona yuq edi, tashkilot uchun aloxida xona ajratildi, Respublika kengashi tavsiya qilgan boshlang‘ich tashkilot Nomenklaturasi (ish xujjatlari) bo‘yicha 22 ta yig‘ma jild qilindi. Tashkilot xonasida 7 nafar qo‘mita a’zolariga O‘zbeksiton Respublikasi “Kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi” qonun, tashkilot Ustavi, kasaba uyushma faoliyatining asosiy yo‘nalishlari xaqida tushuncha berildi. Xona uchun 10 ta kasaba uyushmasi faoliyati va yo‘nalishlariga oid stend qilib berish, xona eshigi uchun viviska va kasaba uyushma belgisi yasatib berish rejalashtirildi. Xona jixozlanishiga, uning toza-ozodaligiga, uy gullar tashkillashga aloxida e’tibor qaratish kerakligi maslaxat berildi. Qo‘mitaning kasaba uyushmasiga doir me’riy xujjatlari nomenklatura bo‘yicha ya’ni ish rejasi tuzilishi, qo‘mita yig‘ilishi va umumiy yig‘ilishlarning rasmiylashtirilishi, qo‘mitaga kelgan xujjatlarni kirim qilish, qo‘mitadan chiqarilgan xatlarni chiqim qilish daftarlari va xodimlardan tushgan ariza va shikoyatlarni qayd etish daftarlari yuritilishi va to‘g‘ri rasmiylatirilishi yo‘lga quyildi. Xodimlar murojaatlarini qabul qilish va unga doir xujjatlarni qonun talablari asosida rasmiylashtirish tushuntirildi. Kasaba uyushmasi tashkilotining yangi belgisi xaqida tushuncha berildi. Eskirgan tashkilot belgisi ma’naviy eskirga xujjatlar yangilandi.
Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti va ish beruvchilar o‘rtasida imzolangan jamoa shartnomasini yangi muddatda tuzish va unga doir xujjatlarni rasmiylashtirish talablari tushuntirildi. .