Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“ARMIYA XIZMATI – VATANGA SADOQAT MAKTABI”

Qarshi harbiy gospitalida davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi, xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi hamkorligida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Armiya xizmati – Vatanga sadoqat maktabi” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.Tadbirda mustaqillik yillarida milliy armiyamiz bosib o‘tgan sharafli yo‘l, uning Vatanimiz sarhadlarini mustahkamlashdagi, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlashdagi xizmatlari shuningdek, yigitlarimizning ma’naviy va jismoniy amolotidagi ahamiyati haqida so‘z bordi.Tadbir ishtirokchilari harbiy gospital boshlang‘ich kasaba uyushmasining xodimlarni ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan muhofaza qilishdagi faoliyati, bu yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan xuddi shunday tadbirlar janubiy harbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli Qarshi serjantlar tayyorlash maktabida va boshqa harbiy qismlarda bo‘lib o‘tdi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!