Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“AYOL SALOMATLIGI – JAMIYAT BOYLIGI”

      Prezidentimiz 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlis va keng jamoatchilikka yo‘llagan Murojaatnomasida mamlakat miqyosida aholi, ayniqsa, xotin-qizlar salomatligiga alohida e’tibor qaratilishi haqida gapirgan edi. “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida ham bu borada qilinadigan ishlar birma-bir ko‘rsatib o‘tilgan.

Ayni shu vazifalar ijrosi yuzasidan bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining o‘quv yordamchi va ishchi xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat, stol tennisi, arg‘imchoqda sakrash, mokisimon va 200 metr masofaga yugurish turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi hamda Xotin-qizlar qo‘mitalari hamkorligida “Ayol salomatligi – jamiyat boyligi” shiori ostida tashkillashtirilgan musobaqaga yuz nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdilar.

–  Maqsad – Sizlarni kundalik turmushdagi odatiy yumushlaringizdan birozga bo‘lsada chalg‘itish, salomatligingizga yanada e’tiborli bo‘lish, sport bilan shug‘ullanishga chaqirishdir, – deydi institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi raisi F.Tilovatov. – Sizdan birinchi bo‘lishni talab qilmaymiz, salomatligingiz avvalo o‘zingiz, keyin jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini eslatib qo‘ymoqchimiz.

Ishtirokchilar o‘zlari tanlagan sport turlari bo‘yicha ajratilgan hududlarda mahoratlarini namoyon qildilar. Ularni “Jismoniy tarbiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan iborat hakamlar hay’ti baholab bordi. Yakuniy natijalarga ko‘ra shaxmat bo‘yicha 1-o‘ringa Energetika fakulteti laboranti Muxabbat Boboqulova sazovor bo‘ldi. Geologiya va konchilik ishi fakulteti laboranti Sayyora Nurova esa 200 metrga yugurish bo‘yicha birinchi bo‘ldi. Axborot resurs markazi xodimalari Marhabo Saidova, Sunbulbibi Bo‘ronova va Munisa Yuldosheva stol tenni, mokisimon yugurish va arg‘imchoqda sakrash sporti bo‘yicha birinchilikni qo‘lga kiritdilar.

G‘olib va sovrindorlarga institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi F.Tilovatov tomonidan diplom va estalik sovg‘alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!