Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

«AYOLI QADRLANGAN YURT»

  O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashining xotin qizlarning jamiyat va oiladagi mavqeini oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, mehnat bozoridagi raqobatda ular manfaatini himoyalash, ish beruvchining adolatli munosabatda bo‘lishini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va salomatliklarini tiklash maqsadida joriy yilning 2 mart kuni viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashining kichik majlislar zalida «Ayoli qadrlangan yurt» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Kengash raisi M.Norova Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda. ayniqsa, tarmoq tizimida xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning siyosiy faolligini oshirish, kasbiy, jismoniy, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish yuzasidan olib borilgan ishlar yuzasidan gapirib o‘tdi.
Qarshi shahar kengashi tizimidagi Qarshi bank kollejining xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Xadjayeva ayollar manfaatlarini har tomonlama himoyalash borasidagi vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!