Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Viloyatda «Ayollar daftari» bilan ishlash tizimining 4-bosqichi boshlandi

«Ayollar daftari» bilan ishlash tizimining 4-bosqichi boshlandi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Qashqadaryo viloyat kengashi majlislar zalida Qashqadaryo viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, viloyat prokuraturasi hamkorligida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda «Ayollar daftari» bilan ishlash tizimining 4-bosqichida belgilangan vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda viloyat hokimi o‘rinbosari, viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i K.Karomova, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi Sh.Qurbonov, viloyat prokuraturasi bo‘limi boshlig‘i R.Hayitov so‘zga chiqdi.
“Ayollar daftari”ni yuritish ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, ularga davlat tomonidan manzilli tarzda ko‘maklashish bo‘yicha aniq tizim yaratilishiga asos bo‘ladi. 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!