Joriy yilning 2 dekabr kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Shaxrisabz tuman kengashiga qarashli Ayollar muruvvat uyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya-baxtimiz qomusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi I.Karimova ishtirok etdi. Muassasa xotin-qizlariga homiylar tomonidan kishki mavsum uchun mo‘ljallangan issik kiyim-bosh, har xil gigiyena hamda yuvish vositalari bilan ta’minlandi.