Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

“Ayollari qadr topgan yurt”

       O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi  Shahrisabz tuman kengashi,   xalq ta’limi hamda maktabgacha ta’lim bo‘limlari bilan hamkorlikda joriy yilning 6 mart kuni tumandagi 16-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida ta’lim, fan va madaniyat sohasida samarali faoliyat yuritayotgan hamda oilalar mustahkamligini ta’minlashda o‘z hissasini qo‘shayotgan kasaba uyushmasi faol xotin-qizlari, namunali kasbiy mahorati bilan barchaga o‘rnak bo‘lgan  mehnat faxriylari  ishtirokida 8-mart «Xalqaro xotin-qizlar kuni» bayrami munosabati bilan “Ayollari qadr topgan yurt” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni tuman xalq ta’limi bo‘limi mudir o‘rinbosari O.Muxiddinov ochdi va tadbir ishtirokchilarini tabrikladi. Ayollar haqida qancha madh etsak oz. Ayol jamiyatimizning bir bo‘lagi, ularsiz jamiyat taraqqiyotini tasavvur etib bo‘lmaydi. Ayol millatning  kuch-qudrati, iftixori, yaratuvchi bo‘lishi bilan birga oilada mehribon ona, suyukli yor, uy bekasi, jamiyatda esa biror-bir kasbning mutaxassisidir. Ayollarni e’zozlash, ularni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom oilani shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Amur Temur saltanati davrida ham ayollar-onalarga bo‘lgan ehtirom o‘zgacha bo‘lgan. Ayollarni millat yaratuvchilari deb e’zozlashgan, qadrini yuksakliklarga ko‘targan bo‘lsa, qo‘l ostidagilar, farzand, nabiralaridan ham shuni talab qilgan. Temur o‘z vasiyatida “Ayollarni esdan chiqarmang, zaifalarni ko‘ring, yo‘qsurlarni boylar zulmiga tashlamang” deb yozadi. Shunday ekan ayollar doimo e’zozda deb ta’kidladi tuman kengashi raisi S.Abdullaev. Shundan so‘ng ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, musiqa va san’at maktabi o‘qituvchi, o‘quvchilari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi. Tadbirda ta’lim, fan va madaniyat sohasida samarali faoliyat yuritayotgan faol, jamoatchi, kam ta’minlangan pedagog-xodimlar hamda mehnat faxriylari tuman kengashining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!