Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Ayollari qadr topgan yurt” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

     O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi  Shahrisabz tuman kengashi,   xalq ta’limi hamda maktabgacha ta’lim bo’limlari bilan hamkorlikda joriy yilning 5 mart kuni tumandagi 16-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida ta’lim tizimida mehnat qilayotgan o’z kasbining fidoiylari bo’lgan ilg’or xotin-qizlar ishtirokida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayollari qadr topgan yurt” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda tuman xalq ta’limi bo’limi mudir o’rinbosari J.Po’latov,  maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri D.Imomova hamda tuman kengashi raisi S.Abdullayevlar bayram ishtirokchilarini tabrikladilar.

      Ayollar haqida qancha madh etsak oz. Ayol jamiyatimizning bir bulagi, ularsiz jamiyat taraqqiyotini tasavvur etib bo’lmaydi. Ayol millatning kuch-qudrati, iftixori, yaratuvchi bo’lishi bilan birga oilada mehribon ona, suyukli yor, uy bekasi, jamiyatda esa biror-bir kasbning mutaxassisidir. Ayollarni e’zozlash, ularni har taraflama qo’llab-quvvatlash, sog’lom oilani shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.

         Shundan so’ng ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, musiqa va san’at maktabi o’qituvchi, o’quvchilari hamda tumandagi 5-,14-,28-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari  ishtirokida konsert dasturi tamoyish etildi.

         Tadbirda shuningdek tumandagi xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim bo’limlari tasarrufidagi ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan faol, jamoatchi, kam ta’minlangan pedagog-xodimlar tuman kengashining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!