Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

“Ayollari qadr topgan yurt” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

  O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi  Shahrisabz tuman kengashi hamda tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi bilan hamkorlikda joriy yilning 7 mart kuni tumandagi 2-bolalar musiqa va san’at maktabida ta’lim tizimida mehnat qilayotgan o’z kasbining fidoiylari bo’lgan ilg’or xotin-qizlar shuningdek uzoq yillar ishlab hozirgi kunda nafaqada bo’lgan onaxonlar ishtirokida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayollari qadr topgan yurt” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi mudiri A.Alimardonov hamda tuman kengashi raisi S.Abdullayevlar bayram ishtirokchilarini tabrikladilar.

  Ayollar haqida qancha madh etsak oz. Ayol jamiyatimizning bir bulagi, ularsiz jamiyat taraqqiyotini tasavvur etib bo’lmaydi. Ayol millatning kuch-qudrati, iftixori, yaratuvchi bo’lishi bilan birga oilada mehribon ona, suyukli yor, uy bekasi, jamiyatda esa biror-bir kasbning mutaxassisidir. Ayollarni e’zozlash, ularni har taraflama qo’llab-quvvatlash, sog’lom oilani shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Amur Temur saltanati davrida ham ayollar-onalarga bo’lgan ehtirom o’zgacha bo’lgan. Ayollarni millat yaratuvchilari deb e’zozlashgan, qadrini yuksakliklarga ko’targan bo’lsa, qo’l ostidagilar, farzand, nabiralaridan ham shuni talab qilgan. Temur o’z vasiyatida “Ayollarni esdan chiqarmang, zaifalarni ko’ring, yo’qsurlarni boylar zulmiga tashlamang’ deb yozadi. Shunday ekan ayollar doimo e’zozda.

 Shundan so’ng ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, musiqa va san’at maktabi o’qituvchi  hamda o’quvchilari ishtirokida konsert dasturi tamoyish etildi.

 Tadbirda shuningdek tuman xotin-qizlar qumitasi raisi Sh.Rahmonova mehnat faxriylari L.Rasulova, S.Mirzayevalar so’zga chiqdilar. Tadbirda taklif etilgan mehnat faxriylari va faol pedagog-xodimlarga tuman kengashining esdalik sovg’alari berildi.

   8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ta’lim sohasida uzoq yillar mehnat qilgan hozirgi kunda kasalligi tufayli yotib qolgan mehnat faxriylari xolidan habar olindi. Mehnat faxriysi Azimova Maxbubaga eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida moddiy yordam, M.Ochilova va T.Uroqovalarga esdalik sovg’alari berildi.

  Farzand kurmagan yosh oilalardan 63-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi Fayoza Eshquvatovaga “Umid gulshani” sanatoriyasiga bepul yo’llanma berildi.

  Joriy yilning 5 mart kuni  o’z kasbini fidoiylari, mehnat faxriylari hamda kam ta’minlangan  maktabgacha ta’lim muassasalari 50 nafar xotin-qizlarini Samarqand shahriga sayohatlari uyushtirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!