Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Ayollari qadr topgan yurt” nomli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

    Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi viloyat “Suvoqova” DUK da 8- mart xalqaro xotin-qizlar bayrami kuniga bag‘ishlab

  Ushbu tadbirga korxonada faoliyat yuritib, o‘z xizmat vazifalarini vijdonan ado etib kelayotgan hamda korxonada uzoq yillar samarali mehnat qilib nafaqaga chiqqan mehnat faxriylari taklif etildi.

 Yig‘ilganlarga hukumatimiz tomonidan xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining mazmun mohiyati haqida aytib o‘tildi.

 Shuningdek, tarmoq tizimiga mansub bo‘lgan Qarshi shahar, Shahrisabz, Kasbi, Dehqonobod  va Kitob obodonlashtirish boshqarmalarida, Shahrisabz yengil sanoat  va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida hamda Oq saroy tekstil MCHJ da bayram kuniga bag‘ishlab,  “Ayollari qadr topgan yurt” nomli  madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

 Xotin-qizlarga kasaba uyushma tashkilotlari hamda homiylar hisobidan sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!