Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Ayollari qadr topgan yurt”

   O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi  Shahrisabz tuman kengashi hamda tuman xalq ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda joriy yilning 6 mart kuni tumandagi 16-bolalar musiqa va san’at maktabida ta’lim tizimida mehnat qilayotgan o’z kasbining fidoiylari bo’lgan faol xotin-qizlar shuningdek uzoq yillar ishlab hozirgi kunda nafaqada bo’lgan onaxonlar ishtirokida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayollari qadr topgan yurt” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda tuman xalq ta’limi bo’limi mudiri Sh.Ruziyev hamda tuman kengashi raisi S.Abdullayevlar bayram ishtirokchilarini tabrikladilar.

  Shundan so’ng ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, 5-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari hamda musiqa va san’at maktabi o’qituvchi  va o’quvchilari ishtirokida konsert dasturi tamoyish etildi.

 Tadbirda shuningdek tuman xotin-qizlar qumitasi raisi M.Almirzayeva, maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri D.Imomova hamda mehnat faxriysi M.Choriyevalar so’zga chiqib tadbir ishtirokchilarini tabrikladilar. Tadbirda taklif etilgan mehnat faxriylari va faol pedagog-xodimlarga tuman kengashining esdalik sovg’alari berildi.

   Joriy yilning  4 mart kuni Shahrisabz tuman Pedagogika va turizm kasb-hunar kollejining o’z kasbini fidoiylari, mehnat faxriylaridan 50 nafari  Samarqand shahriga sayohatlari uyushtirildi. 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!