Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Balli ayollar” musobaqasi o‘tkazildi.

       Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati tizimidagi janubiy g‘arbiy maxsus harbiy okrugi harbiy xizmatchilarining turmush o‘rtoqlari o‘rtasida “Balli ayollar” musobaqasi o‘tkazildi. Harbiylarning o‘z xizmat vazifalarini a’lo darajada bajarishlarida oiladagi muhitning sog‘lomligi, xonadon bekasining madaniyati, pazandalik mahorati, bilimi va hayotiy tajribasi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ““Balli ayollar” bahsining shartlarida ana shu jihatlarga alohida e’tibor qaratildi. Qizg‘in tortishuvlar asosida  “Alla aytish”, “Tadbirkor ayol”, “Bahru bayt aytishuv” yo‘nalishlari  bo‘yicha o‘tgan bellashuvlarda  okrug harbiy xizmatchilarining turmush o‘rtoqlari Shahodat To‘xmirzayeva birinchi, Nodira Ahmedova ikkinchi, Maftuna Rayimova uchinchi o‘ringa  sazavor bo‘ldilar.  G‘olib kelinlarga Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari Qarshi shahar kengashining esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi, janubiy g‘arbiy maxsus harbiy okrugi xotin- qizlar va kasaba uyushma tashkilotlari hamkorligida o‘tkazilgan “Balli ayollar”musobaqasi tadbirda ishtirok etgan harbiylarning ko‘p sonli turmush o‘rtoqlari uchun ham  foydali bo‘ldi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!