Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Bayram shukuhi

        Qayerdaki ayollarga e’tibor yuqori bo‘lsa, o‘sha yerda adolat va ravnaq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlarida Xotin-qizlar kuni bayrami keng miqyosda nishonlandi. Jumladan, el-yurt osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida samarali mehnat qilayotgan xotin-qizlar, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari hamda sohaning faxriy xodimlari uchun bayram dasturxoni yozildi.

Tadbir chog‘ida yuqori natijalarga erishib kelayotgan faol xodimalar Ichki ishlar vaziri hamda boshqarma boshlig‘i buyrug‘iga asosan ko‘krak nishonlari, maxsus unvonlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ayol, bahor va go‘zallik tarannum etilgan kuy-qo‘shiqlar davra fayziga fayz qo‘shdi. Shuningdek, viloyat ichki ishlar boshqarmasi birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan sport musobaqalari tashkil etildi. Qarilik gashtini surayotgan faxriylar holidan xabar olindi. Bu kabi e’zoz va ehtirom tadbirlari tuman va shaharlardagi bo‘limlarda, tarmoqqa qarashli qator muassasalarda ham davom etdi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!