Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

“Biz 2 yoshdamiz”

     Davlat xizmatlari agentligi va kasaba uyushmasi xamkorligi tashkil etilganligini 2 yilligi munosabati bilan xodimlarni tabriklash va madaniy ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni ochib berish uchun so‘z Qashqadaryo viloyat Davlat xizmatlari agentligi  boshqarmasi boshlig‘i B.Maxmatqulovga berildi va o‘z so‘zlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish milliy tizimini tubdan islox qilish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5278 sonli Farmonning qabul qilinishi davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yangi bosqichga olib chiqqanligini aytib o‘tdi. Joriy yilda 900 minga yaqin xizmatlar ko‘rsatilganligi bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 3 marta ko‘pligini qayt etib tizim o‘zining samaradorligini ko‘rsata olganidan darak deb xisoblash mumkinligini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng fleshmob tadbirining asosiy qismi, qiziqarli viktorina va konkurslarga navbat berildi. Fleshmob tadbirida faol ishtirok etgan qatnashchilarga Kasaba uyushmasi tomonidan 3 dona modem, 10 dona flesh-karta yesdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!