Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

«Bobur-dilbar shaxs» nomli ma’naviy-marifiy tadbir bo’lib o’tdi.

       Joriy yining 14 fevral kuni Shahrisabz Davlat Pedagogika institutida adabiyotimizning yirik namoyondalaridan biri, shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi “Buyuk Boburiylar sulolasi” asoschisi Zahriddin Muhammad Boburning 540 yilligi munosabati bilan kasaba uyushma a’zolari o’rtasida “Bobur-dilbar shaxs” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

     Tadbirni Tillar fakulteti dekani A.Muhammadiyev kirish so’zi bilan ochib, buyuk bobokalonimizning g’azallaridan namunalar keltirdi. Tadbirda so’z olganlar Boburning hayot yo’li, ijodining ahamiyati masalalariga alohida to’xtalib o’tdi. Bundan tashqari talabalar tomonidan tayyorlangan chiqishlar boburiylar davri muhitini his qilishga zamin yaratdi. Tadbir so’ngida ishtirokchilar institut ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!