Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Bolajonlar uchun bayram sovg‘alari taqdim etildi

Joriy yilning 30 dekabr kuni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining majlislar zalida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda birlashma kengashi xodimlari, tarmoq kasaba uyushmalari respublika kengashlarining viloyatdagi mas’ul tashkilotchilari hamda ularning farzandlari, mehmonlar ishtirok etdilar.Bayram ishtirokchilari uchun viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi tomonidan o‘zbek xalq ertaklari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Bolajonlar tomonidan yangi yilga bag‘ishlangan she’r va qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir so‘ngida aziz bolajonlarga Qorbobo va Qorqiz tomonidan yangi yil bayram sovg‘alari tarqatildi. Tadbir bolalarda katta ta’surot qoldirdi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!