Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Bolalar oromgohga yo’l oldi.

     Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni ta’minlash bo‘yicha Qashqadaryo viloyat Muvofiqlashtiruvchi guruhi, Qashqadaryo viloyat hokimligi hamda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan 2020 yilgi yoz mavsumiga bolalar oromgohlarini tayyorlash, bolalarning sifatli sog‘lomlashtirilishi va dam olishlarini tashkil etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2020 yil 13 mart kuni viloyat hokimi va viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining “2020 yil bolalarni yozgi sog‘lomlashtirish va dam oldirish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va namunali o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilingan.

Shuningdek, Viloyatda joriy yilgi bolalarni sog‘lomlashtirish mavsumini Sovid-19 pandemiyasi davrida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni ta’minlash bo‘yicha respublika Muvofiqlashtiruvchi guruhining 2020 yil 26 maydagi 1-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan “Bolalar yozgi oromgohlarining karantin davrida
faoliyatini tashkil etish bo‘yicha talablar asosida yuqori saviyada va xavfsiz o‘tkazish uchun barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra viloyatda joriy yilda 10375 nafar bolalarni dam oldirish rejalashtirilayapti. Shundan, 5640 ta yo‘llanma uchun ijtimoiy sug‘urta fondidan mablag‘ ajratilishi, 4735 nafar bolalarni dam oldirish esa tuman, shahar hokimliklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda homiy tashkilot, korxona, muassasa va tadbirkorlar hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu maqsadlar uchun ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan 794,6 mln. so‘m, kasaba uyushma budjeti mablag‘lari hisobidan 539,6 mln. so‘m, ota-onalar mablag‘i hisobidan 593,5 mln. so‘m, xo‘jalik tashkilotlari va homiylar mablag‘i hisobidan 3275,7 mln. so‘m, jami 5203,5 mln. so‘m mablag‘ sarf etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Viloyatda joriy yilgi mavsum 10 iyun kunidan boshlandi. Bu yil viloyatimizdagi 15 ta oromgohlar bolajonlarimizni o‘z bag‘riga qabul qiladi. Buning uchun oromgohlarda barcha sharoitlar yaratilgan. Bolalarni xavsiz dam olishlari uchun barcha choralar ko‘rilgan.

Bugun viloyatimizning 9 ta shahar va tumanlaridan bolalar uyushgan holda avtobuslarda oromgohlarga jo‘natildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!