Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

Bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish tashkilotchilari Anjumani

         2019 yil 13 sentabr kuni Qarshi shahridagi Madaniyat va aholi dam olish markazida Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni ta’minlash bo‘yicha Qashqadaryo viloyat Muvofiqlashtiruvchi guruhining  joriy yilgi yoz mavsumi yakunlari bo‘yicha Bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish tashkilotchilari Anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda mavsum davomida namunali faoliyat olib borgan 15 ta yo‘nalish bo‘yicha eng namunali bolalar oromgohlari, bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumi tashkilotchilari hamda bolalar oromgohlari xodimlari Muvofiqlashtiruvchi guruhning diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Viloyatda joriy mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rildi. Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tasarrufidagi “Ziyo chashmalari oromgohini 2018-2019 yilllar davomida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJga qarashli Kitob tumanidagi “Nurafshon” oromgohida 150 o‘rinli yotoqxona binosi qurib, ishga tushirildi. 3 ta oromgohda mavsum 5 navbatda tashkil etildi

Natijada, Qashqadaryo viloyatida 2019 yilgi mavsum 4 iyundan 19 avgustga qadar davom ettirilib, viloyat bo‘yicha bolalarni sog‘lomlashtirish va dam oldirish rejasi 25090 nafar etib belgilangan bo‘lib, yakunda 28171 nafar bolalar dam oldirilib, belgilangan reja 112,3 foizga bajarildi.

Mavsum davomida Orol bo‘yi mintaqasining 500 nafar (Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 250 nafar, Xorazm viloyatidan 250 nafar) bolalari, mehribonlik uylarining 297 nafar tarbiyalanuvchi-lari hamda 5410 nafar kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari bolalar oromgohlarida bepul dam oldirildi.

Bolalarning qiziqishlarini inobatga olib, mavsum davomida ular uchun 6 ta yo‘nalishda (intellektual rivojlantirish, tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish, ekologik-biologik, texnik ijodkorlik, badiiy ijodiyot, ijtimoiy moslashuv) ixtisoslashgan oromgohlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Barcha oromgohlarda kutubxona, turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy kechalar va uchrashuvlar, konsert dasturlari, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etildi.

Oromgohlarga mavsum davomida 2 ming nafardan ortiq pedagoglar, 140 nafardan tibbiyot va ichki ishlar idoralari xodimlari jalb etilib, ular tomonidan bolalarga ta’lim-tarbiya berish, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, xavfsizligini ta’minlash ishlari amalga oshirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!