Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish tashkilotchilarining Anjumani o‘tkazildi!

    2017 yilgi yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatgan korxona, tashkilot hamda oromgohlarda faoliyat yuritgan eng faol va tashabbuskor xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida 2017 yilning 8 sentabr kuni Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida joriy yilgi yoz mavsumi yakunlari bo‘yicha Bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish tashkilotchilari Anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda viloyat Muvofiqlashtiruvchi guruhi a’zolari, oromgohlarda faoliyat yuritgan xodimlar, oromgohlarning xo‘jalik organlari vakillari, tegishli korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Bolalarni yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish tashkilotchilari Anjumani doirasida Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni ta’minlash bo‘yicha viloyat Muvofiqlashtiruvchi guruhi tomonidan tavsiya etilgan “Eng namunali bolalar oromgohi”, “Bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumi tashkilotchilari hamda bolalar oromgohlari xodimlari” tanlovlari g‘oliblari birlashma kengashi hamda korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, tadbirda joriy yilda bolalarni sog‘lomlashtirish va dam oldirish mavsumining tinch, osoyishta, ko‘ngilli o‘tishiga hissa ko‘shganliklari uchun viloyat Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar, Madaniyat, Favqulodda vaziyatlar, Yong‘in xavfsizligi boshqarmalari, viloyat Davlat Sanitariya Epidemiologiya Nazorati Markazi, O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi Qashqadaryo viloyat kengashi viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir yakunida viloyat musiqali drama teatri jamoasi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!