Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Boshlang’ich tashkilotlarda amaliy yordam ko’rsatilmoqda.

   O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2018  yil 2 oktabrdagi “Boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari kuni”ni joriy etish to‘g‘risida”gi 10-5 sonli qarorining ijrosini ta’minlash borasida birlashma kengashining 2018 yil 22 oktabrdagi 14-5 “s ” sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror yuzasidan boshlang‘ich tashkilotlarga birlashma kengashi, tarmoq raxbarlari, tuman (shahar) kengashlari va birlashgan kasaba uyushma qo‘mitalari xodimlarining boshlang‘ich tashkilotlarga amaliy yordam berish jadvali birlashma kengashi rayosatining 2019 yil 21 oktabrdagi 18-6“s” sonli qarori bilan tasdiqlandi. Tasdiqlangan jadval asosida kasaba uyushma faollari boshlang‘ich tashkilotlarda bo‘lib amaliy yordam ko‘rsatdilar.

Boshlang‘ich tashkilotlarga noyabr oyining ikkinchi seshanba kuni amaliy yordam bo‘yicha tasdiqlangan jadval asosida kasaba uyushma faollari  ya’ni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi apparati xodimlari (19 nafar), tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashining viloyatdagi mas’ul tashkilotchilari (6 nafar), tarmoq kasaba uyushmasi tuman (shahar) kengashlari xodimlari (94 nafar) va birlashgan kasaba uyushma qo‘mitalari xodimlari (11 nafar) viloyatdagi 130 ta boshlang‘ich tashkilotlarda bo‘lib amaliy yordam ko‘rsatdilar.

Bundan tashqari boshlang‘ich tashkilotlarga amaliy yordam bergan birlashma kengashining bo‘lim mudirlari va tarmoq rahbarlari boshlang‘ich tashkilotlarga tashrif davomida kasaba uyushmasi a’zolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar, aniqlangan muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan choralar xaqida birlashma kengashining tashkiliy ishlar bo‘limiga ma’lumotnoma taqdim etib kelmoqdalar.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!