Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Boshlang’ich kasaba uyushamasi a’zolarining ish faoliayati to’g’risida

       Qarshi tumani 2-sonli kasb-xunar maktabi 2009 yil Xilol agrosanoat kasb xunar kolleji nomi bilan yuritilib kelmoqda.

2017-2021 yillarda mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim sifatini baxolashni xalqaro standartini joriy etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq kasb-xunar maktablari tashkil etildi.

2-sonli kasb-xunar maktabi ham Qashqadaryo viloyatidagi o’z o’rniga ega muassasa hisoblanadi.

Ta’lim dargoxida o‘qituvchi yoshlarga mutaxassis ustozlar tomonidan ta’lim va tarbiya beriladi. O‘quvchi yoshlar kasb-xunar sirlarini mukammal o‘rganib kelmoqdalar. Maktabimizda kompyuter amaliyoti ustaxonalari ilg‘or pedagogik metodlar asosida tayyorlangan o‘quv xonalari mavjud. Har doim bu xonalar o’quvchilar bilan gavjum bo‘ladi.

O‘quv xonalarimiz zamonaviy interaktiv o‘quv doskalari va kompyuterlar bilan jixozlangan bo’lib, pedagog xodimlar tomonidan barcha fanlar bo‘yicha tugaraklar o’tkazilib kelinmoqda.

Qarshi tuman 2-sonli kasb-xunar maktabida quydagi yunalishlar mavjud;

  • “Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi”
  • “Asalarichilik”
  • “Tikuvchilik”
  • “Traktor mashinist”
  • “Avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta’mirlash”
  • “Avtomobil elektr va elektron jixozlariga xizmat ko‘rsatish”
  • “Elektromontyor”

    Maktabda rus tili o‘qituvchilari Sayimova Sayyora va Oltiboeva Xusnobod halqaro RUDN S1 sertifikatiga ega. Xidirova Munojot I toifali o‘qituvchi. Magistrlar: Xidirova Surayyo, Jo‘raeva Zilola (I-toifa) Oqnazarov Xurshid, Ziyodullaeva Nigora “Professional ta’lim a’lochisi” kukrak nishoni bilan taqdirlangan. O‘z soxasi bo‘yicha Oqnazarov Xurshid, Xaqqulova Feruza, Raximova Saygul, Meyliev Asliddinlar o‘z soxalari bo‘yicha “O‘qitish materiallari to‘plami” ishlab chiqqanlar. Raximov Fayzulla “Asalarichilik” bo‘yicha yangi o‘quv dasturi ishlab chiqdi. Maktabimizning o‘quvchilari O‘zbekistonimiz bir nechta institutlariga o‘qimoqdalar.

Shunigdek, Men ham ushbu maktabda bir necha yillardan buyon faoliyat ko‘rsatib rus tili va adabiyoti fanidan dars berib kelmoqdaman.

Qarshi tuman 2-sonli kasb-xunar
maktabi kasaba uyshmasi faoli,
rus tili fani o‘qituvchisi                                                                               Sayimova Sayyora
                                        
Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!