Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

Bu zaminda ayol muqadasdir.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, kasaba uyushma qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi va xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlarining tashabbusi asosida, “Kitob–sayyoh” turistik firmasi bilan hamkorlikda, “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan jamiyatning bir guruh xotin-qizlari (shulardan 12 nafar yoshlar) bilan Buxoro shahriga sayohat tashkil etildi.  Sayohat davomida xalqimiz orasida ulug‘lanib saqlanib kelinayotgan “Amir Sayid Kulol”, “Xo‘ja Bahovaddin Naqshband”, “Samoniylar dahmasi” kabi ziyoratgohlar ziyorat qilinib, “Ark”, “Labi hovuz” majmualari, “Mirarab madrasasi”, Minorai kalon” va boshqa bir qator me’moriy obidalar tarixi, Buxoro shahrining mustaqillik yillarida amalga oshirlayotgan ulkan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qurilish ishlari, umuman olganda shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishildi. Shu kuni jamiyat xotin-qizlaridan iborat sayohatchilar sayohatdan bir olam iliq tassurotlar bilan qaytishdi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!