Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

  “Butun jahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o’tkazildi.

            Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi “Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlab, 2019 yil 12 iyun kuni Shahrisabz tumanidagi “Ziyo chashmalari” bolalar oromgohida “Qishloq xo‘jaligida bolalar mehnatining eng yomon shakllaridan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik”mavzusida  tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Shahrisabz tumanidagi “Ziyo chashmalari” bolalar oromgohida dam olayotgan bolalar orasidan saralab olingan iqtidorli bolalar, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashidan tadbirni o‘tkazishga mas’ul etib beriktirilganlar vakillar, “Ishonch” gazetasining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha muxbiri A.Abdiyev hamda oromgohda dam olayotgan 352 nafar bolalar ishtirok etdi.

Tadbirni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi mehnatkashlar ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri A.To‘rayev kirish so‘zi bilan ochdi va tadbirni olib bordi. Tadbirda qo‘yidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tanlov va musobaqalar o‘tkazildi.

 1.Birlashma kengashi mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri A.To‘rayev hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri A. Xo‘jaqulov “Qishloq xo‘jaligida mehnat muhofazasi va bolalar huquqlari to‘g‘risida slayd va rolliklardan foydalangan holda “Ziyo chashmalari” bolalar oromgohida dam olayotgan bolajonlarga ma’lumotlar  berishdi.

  1. “Dunyo bolalari uchun baxt va umid” shiori ostida rasm chizish tanlovi;
  2. Sportning shaxmat-shashka va stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalar;

Tadbirning yakunida tadbirda faol ishtirok etib g‘olib bo‘lgan bolajonlarga tadbir tashkilotchilarning “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

        Shuningdek, 12 iyun – “Butun jahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlab “Qishloq xo‘jaligida bolalar mehnatining eng yomon shakllaridan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik” mavzusidagi tadbirlar  majmui Shahrisabz shahri hamda Kitob, Yakkabog‘, Shahrisabz tumanlarida faoliyat yuritayotgan barcha bolalar oromgohlarida ham shu kabi tadbirlar o‘tkazildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!