Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Butun jahon mehnatni muhofaza qilish kuni” ga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

      Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan ijtimoiy hamkor tashkilotlar, “Sanoatgekontexnazorat” DI viloyat mintaqaviy inspeksiyasi, viloyat davlat sanitariya-gigiyena nazorat markazi, viloyat mehnat, sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan hamkorlikda joriy yilning 28 aprel kuni “Butun jahon mehnatni muhofaza qilish kuni” bag‘ishlab joriy yilning “Ish joyida stressni bartaraf etish – munosib mehnat omillaridan biri” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi E.Rajabov kirish so‘zi bilan ochdi.  Tadbirda ijtimoiy hamkor tashkilotlar rahbarlari, viloyat mehnat, sog‘liqni saqlash boshqarmalari, “Sanoatgeokontexnazorat” DI viloyat mintaqaviy inspeksiyasi, viloyat IIB harakat xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi boshqarmalari vakillari, viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi, korxona, tashkilot va muassasalarning mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlari hamda tarmoq kasaba uyushmalari shahar, tuman kengashlari raislari, kasaba uyushma faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.Mazkur davra suhbatida ish joylarida stressni bartaraf etish,  mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga hamda xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishlarga chalinishlarining oldini olishga ish beruvchilar e’tiborini kuchaytirish, ish o‘rinlarini asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan  shahodatdan o‘tkazish, mehnat sharoiti zararli va xavfli bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalarida o‘ta noxush haroratli yoki ifloslanishlar bilan bog‘liq sharoitlarda bajariladigan ishlarda mehnat qiluvchilarga zarur shart-sharoitlarni yaratish, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan yangi o‘zgarishlar, shuningdek xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat va yong‘in xavfsizligini ta’minlash, ishlovchilarni maxsus kiyim, poyafzal, shaxsiy himoya vositalari, sut va unga tenglashtirilgan mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha qizg‘in fikrlar yuritildi. Ijtimoiy hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida viloyatda hamkor tashkilotlar, tegishli davlat nazorat organlari va idoralar mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi shakllantirilib, nazorat-reja bandlarining bajarilishi ta’minlanmoqda. Bunda korxona va tashkilotlardagi mehnat sharoitlarini baholash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarining oldini olish, mehnat xavfsizligini ta’minlash, xodimlar bilim darajasini oshirish va mehnat muhofazasi targ‘iboti ta’sirchanligini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan xodimlarga xavfsiz va sog‘lom ish sharoitlarini yaratish, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasini ta’minlash maqsadida ish beruvchilar bilan kasaba uyushmalari o‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomalariga asosan 2016 yilning 1-choragida 3 mlrd. 975 mln. so‘m miqdorida mablag‘ sarflandi. Mehnatni muhofaza qilish, xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish, ishlab chiqarish bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar natijasida jarohat olgan xodimlarga bir yo‘la va oyma-oy zarar to‘lovlari to‘lanishi tartibi va mehnat muhofazasiga oid masalalar bo‘yicha murojaat qilgan 32 nafar xodimlarga huquqiy maslahatlar berildi.Davra suhbatida inson salomatligiga xavf tug‘diruvchi omillarni o‘z vaqtida yo‘qotish choralarini ko‘rish maqsadida korxona va tashkilotlarda tibbiy ko‘riklar sifatini oshirish, ish joylarida stressni baratarf etish hamda kasb kasalliklari va baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar belgilab olindi.Shuningdek, davra suhbatida yirik sanoat ishlab chiqarish korxonalari tomonidan mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasiga oid namunali ko‘rgazma tashkil etildi.

IMG_2360 IMG_2362 IMG_2383 IMG_2395

 

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!