Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Butunjahon munosib mehnat kuni”ga bag‘ishlab Davra suhbati o’tkazildi.

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 maydagi 132-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini 2014-2016 yillarda amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar Kompleksi” ning 40-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Butunjahon “Munosib mehnat kuni” munosabati bilan Davra suhbati 2016 yilning 7 oktabr soat 10.00 da viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasida o‘tkazildi. Davra suhbatiga viloyat mehnat boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi, viloyat Fermerlari kengashi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Qashqadaryo xududiy bo‘limi, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda kasaba uyushmasi faollari qatnashdi. Davra suhbatida jami 148 nafar  kishi ishtirok etdi.

 Davra suhbatini viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi E. Rajabov kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi. Davra suhbati dasturi asosida quyidagi ma’ruzalar eshitildi:

“Kasaba uyushmalarining Munosib mehnat konsepsiyasini amalga oshirishdagi faoliyati” mavzusida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi mehnatkashlarning ijtimoiy –iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘lim mudiri – A.To‘rayev.

 “Xalqaro mehnat tashkilotining Munosib mehnat konsepsiyasi” mavzusida viloyat Savdo-sanoat palatasi boshqarmasi boshlig‘i muovini-M.Nazarov

 “Yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida” viloyat mehnat boshqarmasi bandlik dasturlarini ishlab chiqish va taxlil qilish bo‘limi boshlig‘i- I.Norqulov

 «Xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasida yangi tahrirdagi “Mehnat muhofazasi mavzsida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ahamiyati” mavzusida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri – A.Xo‘jaqulovlarning  ma’ruzalari eshitildi.

Ma’ruzalardan so‘ng, Davra suhbati ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.

  Shuningdek, Davra suhbatida  munosib mehnat masalalari  bog‘liq muommolarni bartaraf qilish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

  Davra suhbatini ommaviy-axborot vositalarida yoritish uchun “Ishonch” gazetasining viloyatdagi muxbiri A.Abdiyev va Qashqadaryo viloyati televideniyesi
img_2458 img_2456jurnalistlari ishtirok etishdi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!