Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Butunjahon munosib mehnat kuni”ga bag‘ishlab Davra suhbati o‘tkazildi.

Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi bo‘lim mudirlari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlarining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchilari, kasaba uyushmalari ishini muvofiqlashtiruvchi tuman kengashlari raislari, tarmoq kasaba uyushmalari Qarshi shahar kengashlari raislari, Davra suhbati mavzusiga aloqador hamkor tashkilotlar va idoralar mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari – jami 44 nafar kishi ishtirok etdi.

Davra suhbatini viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisining o‘rinbosari I.Ahmedov kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatni har tomonlama va jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimiz taraqqiyotini yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” ijrosini ta’minlash uchun keng ko‘lamdagi ulkan ishlar olib borilmoqda.

Yurtimizda faol investitsiya siyosati yuritilmoqda, zamonaviy korxonalar barpo etilmoqda, soliq tizimi tubdan isloh qilinib, tadbirkorlik va xususiy mulkni rivojlantirish, barcha soha va tarmoqlarda innovatsiya, ilm-fan yutuqlari, yangicha va ijodiy yondoshuvlarni joriy etishga alohida e’tibor berilmoqda. Qishloq xo‘jaligida zamonaviy, istiqbolli tarmoqlarga asos solish, klaster tizimini yo‘lga qo‘yish, fermer xo‘jaliklarining natijadorligini kuchaytirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

1999 yilda Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan Munosib mehnat konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u to‘rtta yo‘nalishlarni – ya’ni, mahsuldor munosib bandlik, ish joylaridagi huquqlar, ijtimoiy himoya va ijtimoiy muloqatni o‘z ichiga oladi. Chunonchi, munosib ish joylarini yaratish siyosati fuqarolarga farovon turmush uchun yetarlicha daromadlarni ta’minlash imkonini beradi, ishsizlik qisqarishiga olib keladi, kambag‘allik darajasini kamaytiradi.

Bugungi Davra suhbati maqsad viloyatda munosib mehnat konsepsiyasini amalga oshirishdagi ba’zi bir muammolar hal qilish to‘g‘risida fikr yuritish hamda munosib mehnat tamoyillarining jihatlaridan hisoblangan barqaror bandlikni ta’minlash, ushbu sohada kamsitishlarni yo‘q qilinishiga alohida e’tibor qaratish, har bir xodim bilan mehnat shartnomasi tuzilishiga erishish, xodimga uning o‘zi va oilasi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga yetarli bo‘lgan miqdorda ish haqi belgilash, ish joylarida qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, korxonalarda ijtimoiy himoyaning samarali tizimlarini rivojlantirish, mehnatkashlar uchun kasaba uyushmalariga birlashish, jamoa muzokaralarini yuritish, jamoa shartnomalarini tuzish huquqini ta’minlash, majburiy va bolalar mehnatining barcha ko‘rinishlarini yo‘q qilishga erishish yuzasidan fikr almashib ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan aniq yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni belgilab olindi.

Davra suhbatida “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili Davlat dasturi” doirasida mehnat sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan asosiy o‘zgartirishlar to‘g‘risida” mavzusida viloyat bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari – A.Mamatov, “Bandlik, ish haqi, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, mehnat muhofazasi va xavfsizligi sohalarida kasaba uyushmalarining vazifalari” mavzusida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri – A.To‘rayev, “Munosib mehnat konsepsiyasini tadbiq etish borasida Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi mavzuda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i – X.Jumayevalarning ma’ruzalari tinglandi.

Ma’ruzalardan so‘ng Davra suhbati ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!