Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan joriy yilning 19 mart kuni 20 nafar ishlovchi, ehtiyojmand oilalar ayollarini Buxoro shahariga sayohati tashkil etildi. Ushbu maqsadlar uchun birlashma kengashi tomonidan 1 mln.250 ming so‘m mablag‘ ajratildi.
Shuningdek, yordamga muhtoj keksalar pensionerlar va nogironlar, yolg‘iz qariyalarni ijtimoiy himoyalash, ma’naviy va moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida tarmoqlar kasaba uyushmalari tizimlaridagi kasaba uyushma tashkilotlar tomonidan Yakkabog‘ tumanidagi “Saxovat” internat hamda Shahrisabz tumanidagi ayollar “Muruvvat” uylariga 9 mln. 700 ming so‘mlik moddiy yordamlar berildi.
Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan bayram munosabati bilan Yakkabog‘ tumani “Saxovat” internat uyiga 1 mln. 200 ming so‘mlik homiylik yordami ko‘rsatildi.