O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 noyabrdagi “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlamaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” gi PF-5574-sonli Farmoniga muvofiq, 2019 yil 21 martdan 25 martgacha Navro‘z bayramini 4 kunlik muddatda keng nishonlash belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatimizda turizmni izchil rivojlantirish istiqbollari, sayyohlik ob’ektlaridan samarali foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmat turlari sifatini oshirish, yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayyohlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha qabul qilingan qator qarorlarda belgilab berilgan vazifalar ijrosida kasaba uyushmalarining faol ishtirokini tashkil etish hamda tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar va ularning oila a’zolarini turizmga jalb etilishini yanada rivojlantirish, shuningdek Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining 2019 yil 06 fevraldagi 5/22 “s” sonli, O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi rayosatining 2019 yil 06 fevraldagi 14-17 “s” sonli «O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2019 yil 16 yanvardagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari tizimida turizm sohasini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 12-06 “s” sonli qarori hamda tuman kengashi Rayosatining 2019 yil 11 fevraldagi 5/22 “s” sonli qarori bilan tasdiqlangan 2019 yilda turizmni rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadbirlar dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi tasarrufidagi talim muassasalarda faoliyat yuritayotgan 200 nafar pedagog-xodimlar joriy yilning 23-,24-,26-mart kunlari Qadimiy va navqiron Buxoro shahriga sayoxatlar uyushtirildi.