Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Buxoro shahriga sayohat uyushtirildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 noyabrdagi “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlamaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” gi PF-5574-sonli Farmoniga muvofiq, 2019 yil 21 martdan 25 martgacha Navro‘z bayramini 4 kunlik muddatda  keng nishonlash belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan   mamlakatimizda turizmni izchil rivojlantirish istiqbollari, sayyohlik ob’ektlaridan samarali foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmat turlari sifatini oshirish, yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayyohlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha qabul qilingan qator qarorlarda belgilab berilgan vazifalar ijrosida kasaba uyushmalarining faol ishtirokini tashkil etish hamda tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar va ularning oila a’zolarini turizmga jalb etilishini  yanada  rivojlantirish, shuningdek  Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining  2019 yil 06 fevraldagi 5/22 “s” sonli, O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi rayosatining 2019 yil 06 fevraldagi 14-17 “s” sonli «O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2019 yil 16 yanvardagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari tizimida turizm sohasini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 12-06 “s” sonli qarori  hamda tuman kengashi Rayosatining  2019 yil 11 fevraldagi  5/22 “s” sonli qarori bilan tasdiqlangan  2019 yilda  turizmni rivojlantirish bo‘yicha  kompleks tadbirlar dasturining  ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi tasarrufidagi talim muassasalarda faoliyat yuritayotgan 200 nafar pedagog-xodimlar joriy yilning 23-,24-,26-mart kunlari Qadimiy va navqiron Buxoro shahriga sayoxatlar uyushtirildi.

 

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!