Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

BUXOROI SHARIFGA SAFAR

Buxoro qadim va bugunni o‘zida uyg‘unlashtirgan go‘zal shahar. Yetti  iqlimga ma’lum va mashhur bo‘lgan Buxoroi sharifning  mahobatli me’morchilik yodgorliklari, muqaddas ziyoratgohlari minglab xorijlik sayyohlarni va millionlab yurtdoshlarimizni doimiy o‘ziga jalb qilib kelayapti. Yaqinda Qashqadaryo viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi, davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kasaba uyushma tashkilotlari hamkorligida bir guruh mehnat faxriylari va kasaba uyushma faollarining  Buxoro shahriga sayohati tashkil etildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi tasarrufidagi “Kasaba saeyr” sayyohlik sho‘ba korxonasi orqali “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbir ishtirokchilari Buxoro shahrining tarixiy me’morchilik obidalarini, mustaqillik yillarida qayta tiklangan muqaddas qadamjolarni hamda zamonaviy nshootlarni borib ko‘rdilar.

-Men hayot tashvishlari bilan bo‘lib, keyingi yillarda qo‘shni viloyatimizda joylashgan Buxoro shahrida bo‘lmagan edim,-deydi mehnat faxriysi Rajab Kenjayev,- viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan sayyohlar guruhi tarkibida Buxoroda bo‘lib, katta ma’naviy ozuqa oldim. Sharif shahardagi o‘zgarishlarni mo‘jizaga qiyos qilish mumkin. Ana shunday sayohatlar tez-tez tashkil etilsa, ayni muddao bo‘lardi. Sayohat va ziyoratdan barcha faxriylarimiz olam-olam taassurot bilan qaytishdi.  Buning uchun kasaba uyushmalaridan minnatdormiz.

Xalqimizda oltin olma duo ol, duo oltin emasmi, degan purhikmat naql bor. Keksalar duosini olgan qashqadaryolik kasaba uyushma faollari bunday savobli tadbirlarni yana davom ettirish niyatidalar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!