Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Davra suhbati o’tkazildi.

Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining 2015 yil 2  otabrdagi 2-6 ”o”sonli qaroriga asosan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining tavsiyalariga binoan dolzarb munosib mehnat masalalarini muhokama qilish va idoralar xodimlari bilan Butunjahon  “Munosib mehnat kuni”ga bag‘ishlangan Davra suhbati 7 oktabr kuni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida Xalqaro mehnat tashkiloti , O‘zbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi,  viloyat savdo-sanoat palatasi boshqarmasi, “Mahalla” hayriya jamoat Fondi viloyat bo‘limi, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi, Ombudsmanning mintaqaviy vakili, viloyat iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining hududiy birlashmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, viloyat fermerlar kengashining vakillari, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashlarining viloyatdagi mas’ul tashkilotchilari, tarmoq kasaba uyushmasi shahar va tuman kengashlarining raislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.Davra suhbatini viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi E.Rajabov kirish so‘zi bilan ochdi .Jumladan,  Bugun bo‘lib o‘tayotgan Davra suhbati o‘ta dolzarb masalaga bag‘ishlangan. Munosib mehnat konsepsiyasini amalga oshirish uchun mamlakatimizda barcha huquqiy asoslar yaratilgan. Xalqaro mehnat tashkilotining Munosib mehnat konsepsiyasi quyidagi to‘rtta muhim strategik maqsadlarga tayanadi:

– mehnat sohasida asossoluvchi huquqlarni ro‘yobga chiqarish;

– bandlik va daromad olish imkoniyatlarini kengaytirish;

– ijtimoiy himoya tizimlarini takomillashtirish;

– ijtimoiy muloqotni mustahkamlash.

Mazkur sohadagi ishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi hamda “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi”, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinganligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Xalqaro mehnat tashkilotining 13ta Konvensiyasi ratifikatsiya qilinganligi fikrimizning yorqin dalilidir.Konsepsiyaga binoan mamlakatimizda munosib mehnatning jihatlaridan hisoblangan barqaror bandlikni ta’minlash, ushbu sohada barcha kamsitishlarni yo‘q qilinishiga alohida e’tibor qaratish, har bir mehnatkash bilan mehnat shartnomasi tuzilishiga erishish, xodimga uning o‘zi va oilasi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga yetarli bo‘lgan miqdorda ish haqi belgilash, ish joylarida xodimga qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy himoyaning samarali tizimlarini rivojlantirish, mehnatkashlar uchun kasaba uyushmalariga birlashish, jamoa muzokaralarini yuritish va jamoa shartnomalari tuzish huquqini ta’minlash, majburiy va bolalar mehnatining barcha ko‘rinishlarini yo‘q qilish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.Shuni alohida qayd etish kerakki, Munosib mehnat nafaqat ijtimoiy adolat tamoyillarini balki, iqtisodiyotning barqaror o‘sishi va rivojlanishini, jamiyatda manfaatlar uyg‘unligini ta’minlovchi omil hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro Mehnat Tashkiloti o‘rtasida 2014-2016 yillar uchun Munosib mehnat dasturi qabul qilingan.Xususan, 2014-2015 o‘quv yilida viloyatimizdagi kasb-hunar kollejlarining 46543 nafar bitiruvchilaridan 75 foizi, ya’ni 35059 nafarining bandligi ta’minlandi.O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida yosh mutaxassislar uchun bir qator imtiyoz va kafolotlar belgilanganligi hamda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga qabul qilgan korxonalarga imtiyozlar berilishi belgilab qo‘yildi.Mamlakatimizda bolalar mehnatining eng yomon shakllari, majburiy mehnatga jalb qilish, mehnat munosabatlaridagi kamsitishlar, daromadlardagi tengsizlikning o‘sishi, mehnat bozorini o‘z holiga tashlab qo‘yilishi, xodimlarni ijaraga berish, kasaba uyushmalari huquqlarining poymol etilishi kabi boshqa davlatlarga xos bo‘lgan muammolar mavjud emas.O‘zbekiston kasaba uyushmalariga mehnat to‘g‘risidagi qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, jamoa muzokaralarini yuritish borasidagi o‘z vazifalarini bajarish uchun keng huquq va imkoniyatlar berilgan.Bugungi kunda Bosh kelishuv asosida viloyat miqyosida 1 ta mintaqaviy kelishuv, bevosita korxona, tashkilot va muassasalarda esa 13,0 mingga yaqin jamoa shartnomalari amal qilmoqda. Kasaba uyushmalari a’zolari mehnatidan foydalanuvchi yuridik shaxslarning 99,8 foizi jamoa-shartnomaviy munosabatlar bilan qamrab olingan. Joylarda imzolangan jamoa shartnomalari va kelishuvlari ijrosini ta’minlash, ularning mazmun-mohiyatini davr talabi asosida zarur band va bo‘limlar bilan boyitish, bu orqali xodimlarga qulay mehnat va dam olish sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor berilmoqda.Ijtimoiy yo‘naltirilgan davlat dasturlarini bajarish doirasida keyingi yillarda jamoa shartnoma va kelishuvlari orqali urush va mehnat faxriylariga, nogironlarga, ko‘p bolali, kam ta’minlangan va yosh oilalarga moddiy yordamlar ko‘rsatish, ularni madaniy dam olishlari va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish, aholini namunali loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.Xususan, 2015 yilning o‘tgan to‘qqiz oyi mobaynida “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturida belgilangan tadbirlar ijrosini ta’minlash yuzasidan viloyat bo‘yicha jamoa shartnoma va kelishuvlari orqali 439 ta korxonalarda 2655 ta keksalarni oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar bilan ta’minlash, kommunal xizmatlarini to‘lab berish, uy-joylarini ta’mirlashga va boshqa tarizdagi ko‘maklar berishga 323,3mln. so‘mlik moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Keksa yoshdagi mehnat faxriylarini jamoa shartnomalari orqali kasaba uyushmalari sanatoriylari 131 ta oilalarga 110,8 mln. so‘mlik foizsiz ssudalar berildi. Shuningdek, pensiya yoshiga yetgan xodimlarga pensiyaga chiqishdan oldin bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish va ularni qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash maqsadida 453 korxona tomonidan 602 ta xodimlarga 649,8 mln. so‘m sarflandi, korxonalarda mehnat qilayotgan 2735 nafar pensionerlarga 995 ta korxona tomonidan 460,6 mln. so‘mlik moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Pensiya yoshigacha va pensiya yoshida bo‘lgan shaxslarning yubiley sanalari munosabati bilan 878 nafariga 327 ta korxona tomonidan 621,4 mln. so‘mlik qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.Jamoa shartnomalari va kelishuvlari vositasida hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sheriklik orqali fuqarolarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Oliy o‘quv yurtlarida taxsil olayotgan 116 nafar talabalarning o‘quv xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun 35 ta korxona tomonidan 295,0 mln. so‘m sarflandi. Farzandlari 2 yoshdan 3 yoshgacha to‘lgunga qadar bola parvarishi bilan band bo‘lgan 203 nafar yosh onalarga 109 ta korxona mablag‘lari hisobidan 40,4 mln. so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi.Nodavlat mulk shaklidagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan 93 nafar bolali ayollarga 66 ta korxonalar tomonidan oylik maoshi saqlangan holda ish haftasi 1 soatga qisqartirilishiga erishildi.Mazkur yo‘nalishda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi bilan viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilib, kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan hududlarda yaratilgan yangi ish o‘rinlarida mehnat qilayotgan fuqarolarning mehnat va mehnatni muhofaza qilishga oid huquqlari, ular uchun belgilangan qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar, dam olish sharoitlari yaratilganligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘rganilib, bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida kasaba uyushma faollari tomonidan 375 ta korxonada 2877 ta yangi yaratilgan ish o‘rinlarining haqiqatda yaratilganligi hamda mehnatni muhofaza qilish talablariga nechog‘lik javob berishi o‘rganildi.Viloyatdagi korxona va tashkilotlarida mehnat qilayotgan xodimlarga xavfsiz, sog‘lom ish sharoitlarini yaratish, mehnatini muhofaza qilish va texnika xavfsizligini taminlash maqsadida ish beruvchi bilan kasaba uyushmalari o‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomalariga asosan 2015 yilning o‘tgan davrida 11 mlrd. 262 mln. so‘m mablag‘ mehnat muhofazasi tadbirlariga sarf etildi.Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoat nazoratini eng yaxshi tashkil etish yuzasidan o‘tkazilgan respublika ko‘rik-tanlovida Aksiyadorlik tijorat “Asaka” Bank Qashqadaryo  filiali 1-o‘rinni, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MCHJ 3-o‘rinni egalladi.Davra suhbatida Xalqaro mehnat tashkiloti eksperti, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish  boshqarmasining boshlig‘i hamda “Gissarneftgaz” MCHJ qo‘shma korxonasi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi so‘zga chiqdilar.Tadbir yakunida davra suhbati ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga mutasaddi tashkilot va muassasalar rahbarlari tomonidan batafsil tushunchalar berildi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!