Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Davra suhbati o’tkazildi.

    Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining tavsiyalariga binoan 12 iyun “Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan viloyat kasaba uyushmalarining boshqarmalar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligida  “Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni” ga bag‘ishlangan Davra suhbati 2016 yilning 13 iyun kuni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi, mehnat, xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, sog‘liqni saqlash, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmalari, viloyat prokuraturasi, viloyat fermerlar kengashi, notijorat tashkilotlar, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika Kengashlarining viloyatdagi mas’ul tashkilotchilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar. Davra suhbatini viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi E.Rajabov kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi.Davra suhbati dasturi asosida quyidagi ma’ruzalar eshitildi: O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida sifatli ta’limni ta’minlash to‘g‘risida Q.Nurmuhammedov – viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i. Bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslikda mehnat inspeksiyalarining roli A.Qodirov  – viloyat mehnat boshqarmasi boshlig‘i. “Bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikda” mavzusida viloyat prokuraturasi vakili D.Qo‘chqorova. “Tizimli ta’lim–bolalar mehnatining og‘ir shakllariga yo‘l qo‘ymaslikning omilidir” viloyat xalq ta’limi boshqarmasi vakili “Bolalar bo‘sh vaqtini sermazmun tashkil etishda joylardagi madaniyat va sport muassasalarining vazifalari” mavzusida viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi vakili. “Bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha kasaba uyushmalari faoliyatining  asosiy yo‘nalishlari” mavzusida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi –E.Rajabov. Qishloq xo‘jalik ishlarida bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik borasida viloyat Fermerlar Kengashi tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida Viloyat Fermerlar Kengashi vakili. Davra suhbatida hamkor tashkilotlar, idoralar hamda notijorat tashkilotlarning mas’ul xodimlari so‘zga chiqdilar. Tadbir yakunida davra suhbati ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga mutasaddi tashkilot va muassasalar rahbarlari tomonidan batafsil tushunchalar berildi.

Recoverd_jpg_file(62) Recoverd_jpg_file(65) Recoverd_jpg_file(72)

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!