Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Davra suhbati o‘tkazildi

   O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2016 yil 12 dekabrdagi 5-37 “s”-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi va yangi tahrirdagi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarining qabul qilinganligi munosabati bilan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tashabbusi bilan xalq deputatlari viloyat, shahar, tuman kengashlari deputatlari, viloyat mehnat, adliya boshqarmalari va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda kasaba uyushma faollari, mehnatni muhofaza qilish muhandislari ishtirokida 2016 yilning 21 dekabrida “Kasaba uyushmalari faoliyatiga oid qonunlarga kiritilgan o‘zgartishlardan kelib chiqadigan vazifalar” mavzusida Davra suhbati o‘tkazildi.

  Davra suhbatida amaldagi Qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kasaba uyushmalari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga, Qonunning amalda qo‘llanish amaliyotini tahlil qilish natijasida aniqlangan eskirgan normalar, qoidalar va nuqsonlarni bartaraf etishga, foydalanilayotgan tushunchalar va atamalarning bir xilda qo‘llanilishini ta’minlashga, Qonunning ayrim normalarini yangi qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirishga qaratilganligi qayd etildi.

  Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirda qabul qilingan “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni to‘g‘risida ham ma’ruzalar tinglanib, ushbu Qonunda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, Qonunga kiritilgan normalar davlat organlari tomonidan qonun talablarini bajarishda har xil aralashuvlarning oldini olish, tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratish va ishlovchi xodimlarning mehnat sharoitlarini doimiy ravishda yaxshilash, shuningdek jamoaviy himoya vositalari, zararli ishlab chiqarish omillari, ish o‘rni, ishlab chiqarish faoliyati, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, kasb kasalligi, mehnat sharoitlari, mehnatni muhofaza qilish, mehnatda mayib bo‘lish, noqulay ishlab chiqarish omillari, xavfli ishlab chiqarish omili, shaxsiy himoya vositalari kabi tushunchalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

  Davra suhbatida xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlari deputatlari, viloyat mehnat, adliya boshqarmalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, kasaba uyushmasi faollari va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha muhandislar, jami 150 nafar xodimlar ishtirok etdilar.

img_4795 img_4793 img_4790

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!