O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2016 yil 12 dekabrgi 5-37 “s”-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi va yangi tahrirdagi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarining qabul qilinganligi munosabati bilan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tashabbusi bilan viloyatdagi Qarshi shahar, hamda 13 ta tumanda xalq deputatlari shahar, tuman kengashlari deputatlari, tuman, shahar bandlikka ko‘maklashish markazi vakillari va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda kasaba uyushmasi faollari ishtirokida 2017 yilning 18 yanvarida “Kasaba uyushmalari faoliyatiga oid qonunlarga kiritilgan o‘zgartirishlardan kelib chiqadigan vazifalar” mavzusida Davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida xalq deputatlari shahar, tuman kengashlari deputatlari, bandlikka ko‘maklashish markazi vakillari va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda kasaba uyushmasi faollari, jami 1218 nafar xodimlar ishtirok etdilar.