Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Davra suhbatlari o‘tkazildi.

Qaysi bir sohani olmaylik yoshlarga qaratilayotgan e’tibor tufayli yoshlarga oid davlat siyosati naqadar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu e’tiborni ta’lim grantlari, yosh oilalarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, mehnat qonunchiligidagi imtiyozlar misolida ko‘rishimiz mumkin. Albatta yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo‘lida imkoni boricha to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashning samarali yo‘llaridan biri ularni bandligini ta’minlash hisoblanadi.

Qashqadaryo  viloyati kasaba uyushmalari  tashkilotlari birlashmasi kengashi, viloyat Adliya boshqarmasi, viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasining 2016 yil 29 yanvardagi qo‘shma qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturining 6-bandi ijrosini ta’minlash hamda viloyatidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarning mehnat qonunchiligiga doir bilimlarini oshirish maqsadida Mehnat huquqiga bag‘ishlangan turkum davra suhbatlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 10 fevral kuni Mirishkor tumanidagi “Jeynov paxta tozalash” AJ, “Agrotexservis MTP” MCHJ,  Mirishkor iqtisodiyot kasb-hunar kolleji hamda 8-, 9-, 12-umumta’lim maktablarida yosh xodimlarning mehnat qonunchiligiga doir bilimlarini oshirish maqsadida mehnat huquqiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatlari jarayonida jamiyat yoshlari uchun “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar mehnatini huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi ma’ruzalar tinglanib, ishtirokchilarga  O‘zKUFK tomonidan tayyorlangan “Yosh xodimlar uchun imtiyozlar va mehnat kafolatlari bo‘yicha Eslatma” hamda Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan “Tadbirkorlar qonun himoyasida”  tarqatma bukletlar tarqatildi.

Davra suhbatlarida Yoshlarning qiziqtirgan savollarga tadbir tashkilotchilari tomonidan atroflicha javob berildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!