Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ tog‘-kon majmuasida seminar va uchrashuv o‘tkazildi.

     2020 yil 31 yanvar kuni, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ tog‘-kon majmuasi (TKM)da yig‘ilish o‘tkazilib, ishchi-xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiti mutahassislar tushuntirildi, videolavha namoyish etilib, o‘zbek va rus tillarida kitobcha shaklida chop etilgan Qonun tarqatildi.

Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi N.Kuchkinov so‘zga chiqib korxona rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tog‘-kon majmuasi ishchi-xodimlariga alohida e’tibor qaratilayotganligi, tog‘-kon majmuasida xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvatlashni yanada yaxshilash uchun qo‘shimcha ravishda ish haqi olib ishlovchi kasaba uyushma tashkilotchisi ish boshlaganligini, yil davomida konchilar bilan bir qator tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilganligi, shunningdek, bugun mazkur konda ishlab, pensiyaga chiqqan, faxriylar bilan uchrashuv tashkil etilayotganligini aytib o‘tdi.

“Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyati tog‘-kon majmuasida ishlab pensiyaga chiqqan Mehnat faxriylari “DO‘STLIK” ordeni sohibi M.Mengliqulov, “MEHNAT SHUHRATI” ordeni sohiblari B.Ermatov,  M.Qulmirzayevlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Seminarda Mehnat faxriylari  so‘zga chiqib, xodimlarga o‘zlarining ko‘p yillik mehnat tajribasidan kelib chiqqan holda, yer osti-konida ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari, ma’suliyatli tomonlari, mehnat muhofazasi, tartib-intizom qoidalariga so‘zsiz amal qilish, etiborli bo‘lish lozimligini takidlab, yosh mutaxassislarga o‘zlarining otalarcha pandu-nasihatlarini berdilar.

Tadbir davomida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ da o‘tkazilgan “O‘z kasbining mohir ustalari” tanlovi yakuni bo‘yicha, g‘olib deb topilgan quyidagi xodimlar esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan rag‘batlantirildilar:

Eng mohir marksheyder – Boboqulov SHerali Usmanovich;

Eng mohir geolog – Jumayev SHerzod Alisherovich;

Eng mohir lahm o‘tish kombayn mashinisti – Nazarov Jaxongir Yuldashevich;

Eng mohir o‘ziyurar vagon mashinisti – Ko‘charov Akmal Yo‘ldoshevich;

Eng mohir konveyyerchi chilangar – Avazov Sharif Imomovich;

Eng mohir ta’mirlovchi chilangar – Tulboyev Turdimurod O‘rolovich;

Eng mohir elektrik – Mirzayev Nortoji Norboyevich;

Eng mohir avtomatlashtirish chilangari – Yo‘ldoshev Aliyor O‘rolovich;

Eng mohir maxsus mashina haydovchisi – To‘xtashev Shomaxmud Mengliyevich;

Eng mohir suv nasosi mashinisti – Sarvarov Bunyod.

Shuningdek, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi N.Kuchkinov, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Salimova, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi R.Tashmatovlar tomonidan tog‘-kon majmuasining xotin-qizlari va yoshlari bilan ham suhbatlar tashkil etilib, ularni qiziqtirgan saaollarga atroflicha javoblar berildi, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar белгилаб олинди.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!