“Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi” unitar korxonasida korxona rahbariyati, kasaba uyushma qo‘mitasi va Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, Dehqonobod tumani “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya fondi, Ma’naviyat targ‘ibot bo‘limi, salomatlik markazi, “Tangri orom” jome masjidi hamkorligida “O‘zbekistonda saylov tizimiga oid meyoriy hujjatlarning mazmun mohiyati”, “Diniy ekstremizm, fundamentalizm, aqidaparastlik, terrorizimining vujudga kelishi, manbalari va unga qarshi kurashish”, “Qarindosh urug‘lar o‘rtasidagi nikohning, erta turmush qurishning salbiy okibatlari”, “Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqi to‘g‘risida”gi 87-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilish xaqida”gi, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Mehnatni muhofoza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonunlar mazmun mohiyatlari mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirni kasaba uyushma qo‘mitasi raisi N.Kuchkinov kirish so‘zi bilan ochib, yaqin vaqt oralig‘ida respublikamizda qabul qilingan qonunlar va ularga kiritilgan o‘zgartirishlar, O‘zbekiston Prezidenti saylovi, Konstitutsiya bayrami to‘g‘risida qisqacha gapirib o‘tdi.
Davra suhbatida – Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining bosh yuriskonsulti – A.Hasanboyev, “Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqi to‘g‘risida”gi 87-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqida”gi, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Mehnatni muhofoza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonunlar mazmun mohiyatlari haqida.
Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi -N.Muzapparova Korxonada xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida qabul qilingan jamoa shartnomasi, yoshlar va xotin-qizlar masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
“Nuroniy” jamg‘armasining Dehqonobod tuman bo‘limi boshlig‘i -K.Eshboyev O‘zbekiston mustaqilligining qadri, shu davrda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.
“Mahalla” xayriya fondi Dehqonobod tuman bo‘limi bosh mutaxassisi, -N.Toshmurodova 2016 yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti saylovi, unda fuqarolar ishtiroki, ayniqsa birinchi marta saylovda ishtirok etayotgan yoshlar uchun saylovga oid qonunlar, saylovda ovoz berish qoidalari to‘g‘risida.
Dehqonobod tuman ma’naviyat targ‘ibot bo‘limi rahbari – O.Normurodov O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar, pariyalar tomonidan O‘zbekiston Prezidentiligiga nomzodlar, ular tarjimai hollari haqida.
Dehqonobod tumani salomatlik Markazi shifokori – T.Panjiyev “Qarindosh urug‘lar o‘rtasidagi nikohning, erta turmush qurishning salbiy oqibatlari”.
Dehqonobod tumani “Tangri orom” jome masjidi imom xatibi – X.Xonimov “Jahonda tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalo uni qurolsizlantirishga, eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilinishga intilishi, hozirgi davrda diniy ekstremizm va terrorizmning taraqqiyotimiz dushmani, yoshlarimizning kelajagiga jiddiy tahdid solayotganligi, terrorchi tashkilotlarning maqsadlari, Suriya, Iroq, Afg‘onistonda musulmon dinini niqob qilib olgan holda, o‘zlarining qabih niyatlarini amalga oshirayotgan terroristik guruhlar haqida gapirib o‘tdi.
Davra suhbatida qatnashganlarni qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob berildi.