Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Dehqonobod tumanida “Prezident e’tibori-muruvvat tadbirlarida” shiori ostida sunnat to‘yi o‘tkazildi.

2017 yilning 21 aprel kuni Dehqonobod tumanidagi “Norali ota” to‘yxonasida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da 41 nafar ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazildi. To‘yxona shiorlar, ibratli so‘zlar, festival bayroqchalari va har xil bezaklar o‘rnatilib bayramona bezatildi.
To‘y bolalar uchun kiyim-kechak sifatida bir xil andozadagi zar chopon, salla qars, kostyum-shim, ko‘ylak, galstuk, tuflilar, ya’ni har bir bolaga 314051 so‘mdan, jami 12 mln. 876 ming 100 so‘mlik kiyim-kechaklar olib berildi.
Tadbirda viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Dolli Hakimovich Allayev, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Esonboy Rajabov, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Yanvar Inoyatov, Dehqonobod tumani hokimi Aliqulov Zoir Xalilovich, jamoatchilik vakillari va to‘y bolalarining ota-onalari, yaqin qarindoshlari, jami 500 nafar kishi qatnashdilar.
To‘yda O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi Qahhor baxshi Rahimov, Qarshi shahridan tashrif buyurgan san’atkorlar xonanda, sozanda va raqqosalari ishtirok etishdi.
To‘y tantanalari jarayonida 41 nafar to‘y bolalarga ularning nomiga xalq bankining Dehqonobod tuman bo‘limi tomonidan Omonat daftarchalari ochilib, 1 million so‘m mablag‘ qo‘yildi. Shuningdek, “Men O‘zbekiston fuqarosiman”, “Eng qayg‘uli shodlik” kitoblari tantanali ravishda topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!