Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Ehtiyojmand oilalar kasaba uyushmalari e’tiborida!

    Buyuk va bebaho ne’mat – mustaqillikning milliy taraqqiyotimiz, bugungi va kelgusi avlodlar taqdiri, kelajagi uchun beqiyos ahamiyati yillar o‘tishi bilan tobora ortib bormoqda. O‘zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘ e’tiborini yuksaltirishning mustahkam poydevori bo‘lib kelmoqda.

Vatanimiz tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligi bayrami arafasida viloyatning chekka qishloq tumanlarida yashovchi ehtiyojmand oilalar viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi e’tiboridan chetda qolmadi.

Jumladan, joriy yilning 22 avgust kuni Chiroqchi, Shahrisabz, G‘uzor, Yakkabog‘, Qamashi, Kitob, Dehqonobod tuman hokimiyatlarida (100 nafar) hamda  23 avgust kuni Nishon, Kasbi, Muborak, Mirishkor, Qarshi va Koson tumanlari birlashtirilgan holda birlashma kengashining majlislar zalida bayrami munosabati bilan tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda (85 nafar) jami 185 nafar ehtiyojmand oilalar ayollariga elektr-maishiy texnika jihozlari bayram sovg‘asi sifatida bepul olib berildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!