Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Eng faol tomorqa egalari rag’batlantirildi.

    Qashqadaryo viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan shu yil boshida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta’minlashga, bozorlardagi narx-navolar barqarorligini saqlashga, aholining shaxsiy tomorqa xo‘jaliklaridan samarali foydalanishni tashkil etishga hissa qo‘shish, joylarda targ‘ibot ishlarini olib borish va mazkur yo‘nalishdagi ishlarda kasaba uyushmalari ishtirokini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan “Eng ibratli xonadon”, “Eng ibratli mahalla” va “Eng faol targ‘ibotchi” tanlovlari tashkil etilgan edi. Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining tanlovlar o‘tkazish va uning natijalarini aniqlash komissiyasi tomonidan kasaba uyushmalari tashkilotlari ishini muvofiqlashtiruvchi tuman kengashlari huzurida faoliyat ko‘rsatgan ishchi guruhlari tavsiya etgan hujjatlar ko‘rib chiqilib, g‘oliblar aniqlandi. Komissiya a’zolari xulosasiga ko‘ra “Eng ibratli mahalla” yo‘nalishi bo‘yicha Shahrisabz tumanidagi “Oqdaryo” qishloq fuqarolar yig‘ini, “Eng ibratli xonadon” yo‘nalishi bo‘yicha Mirishkor tumanidagi  “Mirishkor”  qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro  Ochilov Davron xonadoni, “Eng faol targ‘ibotchi” yo‘nalishi bo‘yicha Kitob tumanidagi Bog‘bon qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi pensioner Nuriddin Rahmonov g‘olib deb topildi. Tanlovda Kitob tumanidagi “Surum” mahalla fuqarolar yig‘ini 2-o‘ringa, Kasbi tumanidagi  “Mesit” mahalla fuqarolar yig‘ini 3-o‘ringa, Qarshi tumanidagi “Tallikuron”  qishloq fuqarolar yig‘ini hududida  yashovchi fuqaro Fotima Tursunova  xonadoni 2-o‘ringa, Chiroqchi tumanidagi “Qirg‘iz”  mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Abdirahmat Boboyev xonadoni 3-o‘ringa, Kasbi tumani xalq ta’limi metodisti  G‘olib Qo‘ldoshev 2-o‘ringa, Yakkabog‘ agrosanoat kasb-hunar kolleji kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Sirojiddin Salomov 3-o‘ringa sazovor bo‘lishdi. 8 iyun kuni tanlov yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Eson Rajabov tomorqaning aholi farovonligini yaxshilashdagi, mahsulot mo‘l-ko‘lligini ta’minlashdagi ahamiyati haqida gapirib, bu muhim ishda kasaba uyushma tashkilotlari ham faol ishtirok etayotganliklarini  ta’kidladi. Yig‘ilishda tanlov g‘oliblariga viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Recoverd_jpg_file(13)

Recoverd_jpg_file(8) Recoverd_jpg_file(20)Recoverd_jpg_file(45)Recoverd_jpg_file(6) Recoverd_jpg_file(2) Recoverd_jpg_file(29) Recoverd_jpg_file(28) Recoverd_jpg_file(22) Recoverd_jpg_file(21) Recoverd_jpg_file(40) Recoverd_jpg_file(39)

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!