Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Eng mas’uliyatli yosh ish beruvchi” tanlovi o’tkazildi.

     O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining hamda tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashining 2019 yilda yoshlarga oid siyosatini amalga oshirishiga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturiga binoan tarmoq tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda mehnatkashlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishini rag‘batlantirish hamda yoshlarni har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash, kasbiy mahorati va bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida 2019 yilning 6 noyabr kuni “Eng mas’uliyatli yosh ish beruvchi” tanlovining 1-bosqichi tanlov Nizomi ostida o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlandi

“Eng mas’uliyatli yosh ish beruvchi” tanlovining 1-bosqichi natijalariga ko‘ra III-o‘rinni tarmoq tizimidagi “Davr temir-beton servis” MCHJraisiOblayev Axror Ismatullayevich 64 ball bilan qo‘lga kiritdi. II-o‘rinni esa “Kommunal sanoat qurilish” MCHJ raisi Asadov Suxrob Shuxratovich 79 ball bilan egallagan bo‘lsa va nihoyat I-o‘rinni tarmoq tizimidagi G‘uzor qurilish va kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji ish beruvchisi Karimov Eldor Erkinovich egallaganligi qayd etildi.

Tanlovda I-o‘rinni egallab g‘olib bo‘lgan ishtirokchining xo‘jjatlari tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etishi uchun tavsiya etildi.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan barcha ishtirokchilarga tarmoq viloyat birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining maxsus diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!